Uchrashuv WPA 10-zonasidagi professional assotsiatsiyalar vakillarini birlashtirib, qo‘shma hududiy tashabbuslarni muhokama qilish maydoniga aylandi. Unda Jahon psixiatriya assotsiatsiyasining saylangan prezidenti professor Thomas G. Schulze ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar xalqaro kasbiy hamkorlikni rivojlantirish, kelgusi tadbirlarning ilmiy dasturini shakllantirish, yosh mutaxassislarni jalb qilish va WPA Regional Congress Tashkent 2027 ga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy masalalarni muhokama qildilar.
Tomonlar tajriba almashish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda hududdagi milliy psixiatriya assotsiatsiyalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirdilar.